Qozog‘iston keyingi yildan Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qiladi

Olam

image

Qozog‘iston Energetika vaziri Almasadam Satkaliyev 2024 yil kuz-qish mavsumida Qozog‘iston infratuzilmasi Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish uchun tayyor bo‘lishini ma’lum qildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Satkaliyevning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va “Gazprom” o‘rtasida gaz hajmi va narxlari bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda. Qozog‘iston tomoni allaqachon tranzitni ta’minlashga tayyorligini bildirgan.

“Bu muzokaralar yakunlanishi bilan biz infratuzilmamizni taqdim etishga tayyormiz. Bundan tashqari, biz kelgusi yilning kuz-qish mavsumida bu infratuzilma tayyor bo‘lishi haqida ma’lum qilamiz. Biz ushbu tranzitdan va tranzit uchun mablag‘ olishdan, umuman, Markaziy Osiyo mintaqasida energiya ta’minoti ishonchliligini oshirishdan manfaatdormiz”, deydi Satkaliyev.

Hukumat yig‘ilishida Almasadam Satkaliyev 16 may kuni Rossiya gazini Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranzit qilish bo‘yicha muzokaralar ancha konstruktiv tarzda kechayotganini aytgan. Ammo Energetika vazirligi rahbari Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida uch tomonlama gaz ittifoqi tuziladimi, degan savolni javobsiz qoldirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya O‘zbekiston va Qozog‘istonga ushbu sohadagi uch davlatning tijorat manfaatlarini muvofiqlashtirish uchun “uch tomonlama gaz ittifoqi” tuzishni taklif qilgan edi. 2023 yil yanvarida O‘zbekiston va Qozog‘iston energetika vazirliklari “Gazprom” bilan hamkorlik rejasini imzolagan. 

Joriy yilning aprel oyida O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonga Rossiyadan gaz yetkazib berish “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvuri orqali amalga oshirilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Rossiya gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing