Qozog‘iston jazirama ichida qoladi
Olam
−
08 iyul 2023 18316 1 daqiqa
Qoraqalpog‘iston Respublikasiga chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonning g‘arbiy qismi hamda mamlakatning markaziy qismida keyingi uch oyda kuchli jazirama ob-havo bo‘lishidan ogohlantirildi. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.
Aytilishicha, joriy yilning 8 iyul sanasidan boshlab mamlakatning g‘arbida, 9 iyuldan shimoli-g‘arbida, 10 iyul kuni markaziy qismida havo harorati 43 darajagacha issiq bo‘ladi.
"Ayni paytda Respublikaning sharqiy, shimoli-sharqiy va janubi-sharqiy hududlari yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq, do‘l yog‘ishi, kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda. 8 iyul kuni shimoli-sharq va sharqda, 8-9 iyul kunlari esa Respublikaning janubi-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin", deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 7 iyul kuni Qozog‘istonning Ostona, Olmaota va 17 viloyatida bo‘ron haqida ogohlantirish e’lon qilingan edi.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr