Qozog‘iston qirg‘izistonliklarning vizasiz qolish muddatini uzaytirmoqchi
Olam
−
04 avgust 2023
2791Qirg‘izistonliklar Qozog‘istonda 90 kungacha ro‘yxatdan o‘tmasdan (vizasiz) qolishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri Alixan Smailovning qaroriga tayanib “Sputnik.kz” nashri xabar berdi.
Keltirilishicha, hozirda Qirg‘iziston fuqarolari qo‘shni davlatda 30 kun davomida ro‘yxatdan o‘tmasdan qolish imkoniyatiga ega. Qaror loyihasi tasdiqlangach, bu muddat 90 kungacha uzaytiriladi. Ammo, belgilangan muddat tugashi bilan fuqarolar viza rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Qozog‘iston hukumati qarorida esa bu tadbir mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va qirg‘izistonliklarning Qozog‘iston Respublikasida bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida amalga oshirilishi qayd etilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning yil 27 yanvarda Qozog‘istonda yangilangan migratsiya qoidalari kuchga kirdi. Unga ko‘ra, Qozog‘istonga vizasiz kelgan chet elliklar mamlakatda qonuniy ravishda 30 kun, jami 180 kunlik bir kalendar davrida 90 kungacha bo‘lishi mumkin.
Xususan, O‘zbekiston fuqarolari qo‘shni Qirg‘izistonda 60 kungacha, Qozog‘istonda esa 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin.
LiveBarchasi