Qozog‘iston inqirozi boshqa postsovet mamlakatlarida ham ro‘y berish xavfi bor – rossiyalik ekspertlar

Olam

image

Kelajakda boshqa postsovet mamlakatlarida Qozog‘istondagi kabi ichki siyosiy inqirozlarning kuchayishi xavfini inkor etib bo‘lmaydi. Bu fikrni bugun, 12 yanvar kuni TASS muxbiri bilan suhbatda “Valday” xalqaro munozara klubining ilmiy ishlar bo‘yicha direktori Fedor Lukyanov bildirdi. 

“Bu kabi inqirozlar Qozog‘istondagi kabi postsovet hududidagi ko‘plab mamlakatlarda sodir bo‘lishi allaqachon ayon bo‘lgan, ularning barchasi o‘z davlatchiligini tasdiqlash davrini boshdan kechirmoqda, bu juda og‘riqli. 2018 yildan beri Armanistondan boshlab bir qator zarbalar yuz berdi. Qozog‘iston yana bir ko‘rinishdir, shubhasiz, oxirgi emas. Bu mamlakatlarning o‘zida, nimadir sodir bo‘lgan, muammolar to‘liq hal etilmagan, shuning uchun inqirozli vaziyatlarning qaytalanish xavfi bor”, deydi u. 

Shuningdek, Rossiya Fanlar akademiyasining Ye.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti prezidenti Aleksandr Dinkin 2022 yilda postsovet hududida ham, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham inqirozli vaziyatlar xavfi o‘tgan yillarga nisbatan yuqori ekanligini ta’kidladi. 

“Dunyoda daromadlarning qutblanishi, oziq-ovqat narxlarining oshishi, iqtisodiy o‘sishning prognoz qilinayotgan pasayishi bilan bog‘liq vaziyat turli mamlakatlarda ijtimoiy-siyosiy keskinlikni kuchaytiruvchi omillar bo‘lib, birinchi navbatda, bu rivojlanayotgan mamlakatlarga taalluqlidir. Demak, 2022 yilda postsovet hududida ham, boshqa mamlakatlarda ham ichki siyosiy inqirozlarning kuchayishi uchun zarur shart-sharoitlar, masalan, 2019 yilga qaraganda, men uchun yaqqol ko‘rinib turibdi”, deydi u. 

“Valday” xalqaro munozaralar klubini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi boshqaruvi raisi Andrey Bistritskiyning ta’kidlashicha, hal etilmagan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muammolar sonining ko‘payishi tufayli bugungi kunda dunyoning ko‘plab davlatlari ichki siyosiy notinchliklarga duchor bo‘lmoqda, Qozog‘iston ham bundan mustasno emas. Unga ko‘ra, nafaqat postsovet davlatlari, balki G‘arb davlatlari ham xavf ostida. 

“Koronavirus, global moliyaviy qiyinchiliklar, ko‘plab mojarolar, ijtimoiy tengsizlik – bularning barchasi joriy yilda inqirozli vaziyatlarning kutilmaganda keskinlashishiga olib kelishi mumkin. Buni inkor etib bo‘lmaydi", deydi ekspert.  

Eslatib o‘tamiz, 10 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarining yig‘ilishida Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko Qozog‘istondagi voqealardan eng avvalo O‘zbekiston saboq chiqarishi kerakligi, bu saboqlar olinmasa, o‘zidagi ma’lumotlarga ko‘ra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati O‘zbekistonga qaratilishini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing