Qozog‘iston fuqarolarini Odessa va Xarkovni tark etishga chaqirdi
Olam
−
29 mart
7974Qozog‘istonning Ukrainadagi elchixonasi qozog‘istonliklarga keskinlik va beqaror vaziyat sababli Ukrainaning Odessa va Xarkov viloyatlarini tark etishga chaqirdi. Bu haqda, Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi saytiga tayanib, "Sentral Asia" nashri xabar berdi.
Elchixona qozog‘istonliklarga Ukrainadan Qozog‘istonga ikki quruqlik yo‘nalishi bo‘yicha Polsha yoki Moldova orqali, keyin esa tijorat havo qatnovi orqali borishni maslahat berdi.
"Polsha orqali ketayotganda Qozog‘iston fuqarolarining Shengen vizasi bo‘lishi kerak, Moldovaga kirish uchun esa viza talab qilinmaydi”, deyiladi xabarda.
Diplomatlar, shuningdek, barchani havo hujumi haqidagi ogohlantirishni e’tiborsiz qoldirmaslikka va zudlik bilan boshpana topishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Kiyevdagi elchixonasi vatandoshlarini Ukraina hududiga sayohat qilmaslikka va iloji bo‘lsa, bu mamlakatni tark etishga chaqirgani haqida xabar bergandik.
Madina Otaboyeva