Qozog‘iston bug‘doy importini yarim yilga chekladi

Olam

image

Qozog‘istonda bug‘doy importi olti oy muddatga cheklandi. Shu haqdagi tegishli hujjat mamlakat Qishloq xo‘jaligi vaziri Aydarbek Saparov tomonidan imzolandi.

“Bug‘doyni avtomobil, suv va temir yo‘l orqali olib kirish taqiqlanadi; parrandachilik va un yetishtirish korxonalariga faqat ishlab chiqarish va iste’mol qilish uchun bug‘doyni temir yo‘l orqali olib kirish bundan mustasno”, deyiladi hujjatda.

Vaqtinchalik taqiq bugun, 12 apreldan kuchga kiradi. Import qilingan bug‘doy olti oy davomida na ichki, na tashqi bozorda sotilmaydi. Biroq, taqiq bug‘doyning temir yo‘l tranzitiga taalluqli emas.

Ma’lumot uchun, respublika tashqi savdo siyosati bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida taqiqni uzaytirish g‘oyasi muhokama qilinganda, Qozog‘iston ichki bozorida oziq-ovqat va ozuqa donining yetarli zaxiralari mavjudligi ta’kidlangan. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istonga Rossiyadan kelayotgan g‘alla ichki bozorda mahalliy bug‘doyga bo‘lgan talabning pasayishiga va narxlarning tushishiga olib keladi. Senatorlar so‘nggi bir yil ichida Qozog‘istondan un eksporti 23 foizga qisqarganini aytgan. Mart oyida Qishloq xo‘jaligi vaziri mamlakatda bug‘doy ekishni qisqartirish rejalashtirilganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Federatsiyasi shakar va xom shakar eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston import bug'doy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing