Qozog‘iston BAA tomonda ekanini ochiqladi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezidentning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, u Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan bilan telefon orqali samarali muloqot o‘tkazgan, Yaqin Sharqdagi vaziyatni atroflicha muhokama qilgan va lozim bo‘lganda qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

“Qozog‘iston Birlashgan Arab Amirliklarini do‘st va birodar davlat deb biladi va zarurat tug‘ilganda qo‘lidan kelgan yordamni ko‘rsatishga tayyor”, degan Qozog‘iston Prezidenti.

Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Qozog‘iston tomonidan bildirilgan qo‘llab-quvvatlovni yuqori baholab, minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, suhbat chog‘ida tomonlar Qozog‘iston va BAA o‘rtasidagi do‘stona aloqalar hamda strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga sodiq ekanliklarini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli Birlashgan Arab Amirliklari xalqiga hamdardlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Birlashgan Arab Amirliklari Qosim-Jomart To'qaev Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing