Qozog‘iston armiyasi WhatsApp va Telegram’dan voz kechdi

Olam

image

Qozog‘iston Qurolli kuchlari endi WhatsApp va Telegram o‘rniga mamlakatning milliy messenjeri – Aitu’dan foydalanishni boshlaydi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avval xizmat yozishmalari WhatsApp va Telegram orqali amalga oshirilgan, bu esa xavf tug‘dirishi mumkin. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Qozog‘iston yurisdiksiyasida bo‘lgan va ma’lumotlarni saqlash hamda qayta ishlash talablari bo‘yicha javob beradigan Aitu armiyaning ichki aloqalari ustidan to‘liq nazoratni ta’minlaydi.

U xizmat ma’lumotlarini uzatishda qo‘llaniladi. Bu qaror Prezident Qosim-Jomart To‘qayev topshirig‘i asosida qabul qilingan bo‘lib, xorijiy platformalardan foydalanish bilan bog‘liq xavflarni kamaytirishga qaratilgan. 

Bosqichma-bosqich o‘tish jarayoni 2025 yilning oxirigacha yakunlanadi. Bu jarayonda qo‘shinlarning tashkiliy tuzilmasi va mavjud aloqa kanallari hisobga olinadi.
Mudofaa vazirining o‘rinbosari (raqamlashtirish bo‘yicha) Darhon Ahmediyevning ta’kidlashicha, mahalliy messenjerga o‘tish ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish va raqamli suverenitetni saqlashga yordam beradi. 

“Milliy IT-mahsulotlardan foydalanish – bu raqamli makonda suverenitetni himoya qilishga qaratilgan umumjahon tendensiya. Qurolli kuchlarning Aitu’ga o‘tishi xizmat ma’lumotlari sizib chiqishini istisno etib, maxfiy axborotni munosib darajada himoya qiladi”. deydi vazir o‘rinbosari. 

Ma’lumot uchun, Aitu – Qozog‘istonda 2018 yilda ishga tushirilgan raqamli platforma. U messenjer, ijtimoiy tarmoq va to‘lov xizmatlari funksiyalarini birlashtiradi – xabar almashish va qo‘ng‘iroqlar, guruhlar va kanallar yaratish, mini ilovalardan foydalanish, pul o‘tkazmalari, xizmatlar va soliqlarni to‘lash, shuningdek, davlat xizmatlariga ulanish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Telegram WhatsApp Aitu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing