Qozog‘iston AQSHdagi fuqarolarini ogohlantirdi

Olam

image

Qozog‘istonning AQSHdagi elchixonasi o‘z fuqarolarini Florida, Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlaridan evakuatsiya qilishga chaqirdi. Ushbu chaqiriq so‘nggi yuz yil ichida eng kuchli bo‘lishi kutilayotgan “Milton” to‘foni tufayli e’lon qilingan. Bu haqda elchixona saytida xabar berildi.

“Florida shtati hokimiyati ayrim okruglarda majburiy evakuatsiyani e’lon qildi. Barcha aholiga favqulodda xabarlar va zudlik bilan evakuatsiya qilishga tayyor bo‘lish tavsiya etiladi”, deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, elchixona barcha Qozog‘iston fuqarolarini mahalliy hokimiyat ko‘rsatmalariga rioya qilishga va favqulodda holatlarda zudlik bilan diplomatlar bilan bog‘lanishga chaqirdi.

AQSH Milliy to‘fonlar markazining xabariga ko‘ra, 10 dan 11 oktyabrga o‘tar kechasi “Milton” to‘foni Florida shtatining g‘arbiy qismiga yetib boradi. Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlarining qirg‘oqbo‘yi hududlari ham to‘fon xavfi ostida qolishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu to‘fon oltinchi shkalaga ko‘tarilishi mumkin. Hozirda uning tezligi 257 km/soatga yetgan. Evakuatsiya qilish uchun 5,5 million kishi ogohlantirilgan.

Ma’lumot uchun, bir hafta oldin Floridaga “Helen” to‘foni yopirilib, oqibatda 230 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi. Sinoptiklarning taxminlariga ko‘ra, “Milton” “Xelen”dan ikki baravar kuchli bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jo Bayden shtatning to‘fonga tayyorgarligini shaxsan nazorat qilish uchun Germaniya va Angola safarlarini qoldirgan edi. Shundan so‘ng, Davlat kotibi Entoni Blinken ham ushbu mamlakatlarga tashriflarini bekor qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Qozog'iston “Milton”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing