Qozog‘iston hozirgi sharoitda ko‘p vektorli siyosat olib borishga majbur – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston o‘zining geosiyosiy mavqeini hisobga olgan holda ko‘p vektorli siyosat olib borishi kerak. Bu haqda amaldagi Prezident Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatda bo‘lib o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida ovoz berishdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, geosiyosiy pozitsiyadan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotimizga 500 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etilganini, jahon kompaniyalari bizning bozorda ishlayotganini hisobga olsak, biz shunchaki ko‘p vektorli tashqi siyosatni olib borishga majburmiz”, deydi u.

Ma’lum bo‘lishicha, To‘qayev bugungi prezidentlik saylovida Ostonadagi O‘quvchilar saroyi binosidagi saylov uchastkasida ovoz bergan.

“Joriy yil oson bo‘lmadi, xalq qiyinchiliklarni boshdan kechirdi. Endi oldimizda yangi majburiyatlar va maqsadlar turibdi. Avvalo, dasturni amalga oshirish bo‘yicha. Agar hamma xalq menga ovoz bersa, buni amalga oshirish va haqiqatga aylantirish kerak. Shuning uchun ish juda ko‘p. Bu yil biz siyosiy islohotlarni amalga oshirdik. Yozda referendum o‘tkazildi”, deydi amaldagi Prezident.

Davlat rahbarining saylovoldi dasturida adolatli Qozog‘iston qurish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

Shuningdek, milliy manfaatlarni himoya qilish, barcha manfaatdor davlatlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan tashqi siyosat kursi davom ettirilishi qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing