Qozog‘iston ham O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Sport

image

Qozog‘iston futbol federatsiyasi FIFA futzal Jahon chempionatini yuqori saviyada o‘tkazgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Qozog‘iston futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Unutilmas Jahon chempionatini tashkil etgan O‘zbekistondan juda minnatdormiz. FIFA tomonidan Markaziy Osiyoda tashkil etilgan ilk rasmiy musobaqalar Toshkent, Andijon va Buxoro shaharlarida o‘tkazildi. Barchamiz tarixiy voqeaning guvohi bo‘ldik. Qardosh yurtning iliq ko‘magi qalblarimizda abadiy qoladi! Katta rahmat!”, deyiladi federatsiya xabarida.

Ma’lumot uchun, musobaqani “D” guruhida boshlagan qozog‘istonliklar yakunda turnirning chorak finaliga qadar yetib borishni uddaladi. Qozog‘iston terma jamoasi musobaqaning nimchorak finalida amaldagi chempion sifatida turnirda ishtirok etgan Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etib, chempionatning eng katta sensatsiyasiga sababchi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FIFA prezidenti Janni Infantino yuqori saviydagi mezbonlik uchun O‘zbekiston hukumatiga minnatdorlik bildirgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Jahon chempionati futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made