Qozog‘iston ham TikTok'ni bloklashi mumkin
Olam
−
23 aprel
1632Qozog‘iston TikTok'ni behayo so‘z va shubhali kontentga ega videolar tufayli bloklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda respublika Madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva ma’lum qildi.
Rasmiyga ko‘ra, bunday chora mamlakatda barqarorlik va birlikni saqlashga yordam beradi.
“Menimcha, men vazir sifatida buni ko‘rib chiqish kerak, deyman. Bolalar videolar tomosha qilishadi. Ammo siz videolarda so‘kinish so‘zlar ishlatilganini ko‘rasiz”, deydi Balayeva parlamentning quyi palatasi majlisi chog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, blokirovka qilish to‘g‘risidagi qaror tahlillardan so‘ng qabul qilinadi.
Balayevaning ta’kidlashicha, hozirda TikTok boshqa ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatilishi taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda.
Shu bilan birga, jurnalistning “bu bolalarga g‘amxo‘rlik qilish” bahonasi ostidagi senzurami degan savoliga vazir TikTok bloklanishini so‘z erkinligini cheklash emas, balki himoya qilish uchun zarur chora sifatida ko‘rishini aytgan.
Shuningdek, u TikTokʼni blokirovka qilish haqidagi munozaralar boshqa mamlakatlarning shunga o‘xshash harakatlari fonida kechayotganini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublika hududida TikTok ijtimoiy tarmog‘iga kirishni cheklashni taklif qilgandi.
Bundan tashqari, Rossiyada ham TikTok platformasi butunlay blokirovka qilinishi mumkinligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi