Qoyilmaqom! Abituriyentlar endi raqobatchilarining balini onlayn ko‘rishi mumkin

Jamiyat

image

Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni bu yil yangiliklarga boy bo‘lgandi. Imtihonlar davomida ham yangi qulayliklar yaratish davom etyapti.

Davlat test markazi o‘tkazilgan test sinovlari javobini ochiq ko‘rish imkoniyatini yaratdi. Endilikda abituriyent faqatgina o‘zi to‘plagan balni emas, balki raqobatchilari to‘plagan ballarni ham kuzatib borishi mumkin.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyentlarning to‘plagan ballari ochiq e’lon qilinyapti. Ushbu saytda barcha abituriyentlarning ism-familiyasi, test topshirgan kuni hamda ballari ko‘rsatilmoqda.

Abituriyentlar o‘zi va raqobatchilari to‘plagan balni ko‘rib, imkoniyatlarini bilib olishi mumkin.

Abituriyentlarga bunday imkoniyatning yaratilishi test jarayondan keyin ballarni o‘zgartirish qo‘yish kabi holatlarga to‘siq bo‘ladi. Bu esa test sinovlarining shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon DTM

Baholaganlar

7882

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing