Qoya tosh qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
10 yanvar 2022
14133Braziliyada qoya tosh qulashi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, avvaliga sakkiz kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblangan edi. Ularning jasadlari topilgan. Ikki qurbonning shaxsi ham aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 8 yanvar kuni Braziliyaning Minas-Jerays shtatidagi Kapitoliu shahri yaqinidagi kanyonda sodir bo‘lgan.
Xabarda ta’kidlanishicha, qoya qulagan vaqtda qayiqda 34 kishi bo‘lgan, 20 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan, 23 nafar sayyoh yengil jarohat olgan, to‘qqiz nafari turli og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
LiveBarchasi