Qosimjonov Abdusattorovning Toshkent turniridagi omadsiz natijasiga izoh berdi
Sport
−
30 mart 2023
3886Shaxmat bo‘yicha XVII jahon chempioni, o‘zbekistonlik grossmeyster Rustam Qosimjonov QALAMPIR.UZ'ga bergan intervyusida “Rustam Qosimjonov turniri” bo‘yicha taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Qosimjonov Abdusattorovning musobaqadagi omadsiz natijasini izohladi.
“Shaxmatda bunday holat bo‘lib turadi. Rapidda qandaydir xato ketsa, uni to‘g‘irlashga yetarlicha vaqt bo‘lmaydi. Rapidda shaxmatchi qaysidir partiyada mag‘lubiyatga uchrasa, bu holat qolgan o‘yinlarga ham ta’sir o‘tkazishi ehtimoli katta”, deya qo‘shimcha qildi grossmeyster.
Shuningdek, Qosimjonov turnirning ahamiyati haqida gapirdi.
“Bu musobaqa bizning shaxmatchilar uchun katta turnirlarga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi. Turnir hammaga yoqdi. Menga ushbu chempionat an’anaviy turnirlar qatoriga kiritilishi rejada borligi aytildi”, deydi Qosimjonov.
Eslatib o‘tamiz, 1-xalqaro “Rustam Qosimjonov turniri”da 9 davlatdan 20 nafar kuchli shaxmatchi ishtirok etdi. Musobaqa bahslari ikki “Masters” va “Challenger” guruhida o‘tkazildi. “Masters”da o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov, “Challenger”da esa serbiyalik Aleksandr Injich g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
LiveBarchasi