Qosim-Jomart Toqayevning tashrifi nihoyasiga yetdi
Jamiyat
−
15 aprel 2019
4516Xabaringiz bor, kecha, 14 aprel kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelgan edi. Tashrifning asosiy uchrashuvlari bugun, 15 aprel kuni Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tdi.
Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev O‘zbekistonga tashrifini yakunlab, Qozog‘istonga jo‘nab ketdi.
Uni Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev kuzatib qolgan.