Qosim Sulaymoniy nihoyat dafn etildi
Olam
−
08 yanvar 2020
10259Joriy yil 3 yanvarga o‘tar kechasi AQSH aviazarbasi natijasida vafot etgan Qosim Sulaymoniy bugun, 8 yanvar kuni Eronning Iroqdagi AQSH harbiy bazalariga qilgan hujumidan keyin dafn etildi. Bu haqda Eron markaziy telekanallari xabar bermoqda.
Eronning tashqi siyosatidagi muhim figura, Yaqin Sharqdagi shia guruhlarini yo‘llantirib, 20 yildan buyon Eron Islom inqilobi posbonlari korpusining maxsus bo‘linmasi “Al-Quds”ni boshqargan general Qosim Sulaymoniy AQSH Prezidenti Donald Trampning shaxsiy va maxsus topshirig‘i bilan AQSH havo zarbasi orqali yo‘q qilingan edi. Bu esa Eron va AQSH o‘rtasidagi uchqunlagan vaziyatning alanga olishiga sabab bo‘ldi.
5 yanvar kuni Eronning Ahvoz shahrida Qosim Sulaymoniy bilan vidolashuv va janoza marosimi tashkil etildi. Rejaga ko‘ra, Sulaymoniy vidolashuvdan so‘ng o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Kermon zaminiga dafn etilishi kerak edi. Biroq, u general bilan vidolashuvga yuz minglab odamlarning to‘planishi, natijada ommaviy tartibsizlik kelib chiqishi natijasida dafn marosimi bekor qilindi.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, vidolashuvda 56 kishi halok bo‘lgan, 213 kishi jarohatlangan.
Qosim Sulaymoniy bugun o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Kermon zaminiga dafn etildi.
LiveBarchasi