Qoraqalpoq tadbirkorlariga xomashyoni tashish uchun imtiyoz miqdori oshiriladi
Jamiyat
−
26 avgust 2022
4007Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni tashish xarajatlarining 70 foizi qoplab beriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi tashqari sessiyasida aytib o‘tdi.
Qoraqalpog‘istonda sanoat loyihalarini ko‘paytirish maqsadida mutasaddilarga:
• Investorlarga ko‘mak markazini tashkil etish, unda qoraqalpog‘istonlik tadbirkorlarga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, subsidiya, kredit va kompensatsiya olish, mahsulotiga bozor topishga ko‘maklashish bo‘yicha bepul xizmatlar ko‘rsatish;
• Investorlarga ko‘mak markazi qoshida Nukus shahridagi 10 gektar yer maydonida Sanoat texnoparkini tashkil etish;
• Kegeyli va Xo‘jayli tumanlarida Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalarini tashkil qilish;
• besh yil muddatga faqat Qoraqalpog‘iston tadbirkorlariga eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun sotib olingan xomashyolarni, mamlakatimiz bo‘ylab tashishda 70 foiz transport xarajatlarini qoplab berish tizimini yo‘lga qo‘yish va boshqa topshiriqlar berildi.
Davlat rahbari Qorao‘zakda mis ishlab chiqarish, Qo‘ng‘irotda yangi kaustik soda va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqarish zavodlarini qurish kabi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatladi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘qorg‘i Kengesning navbatdan tashqari sessiyasida parlament raisi Murat Kamalov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Amanbay Tleubayevich Orinbayev nomzodi ko‘rsatildi.
LiveBarchasi