Qoraqalpog‘istonimizda tinchlik, og‘zi birchilik bo‘lsin – Mirziyoyev (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 30 mart kuni Nukus shahridagi Altin jag‘is mahallasida bo‘lib, sumalak saylida qatnashgani haqida xabar bergan edik. Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining sumalak pishirayotgan ayollar bilan  iliq suhbatlashgan videosini e’lon qildi.

Kadrlarda Mirziyoyev sumalak kovlab, ayollar bilan suhbat qurganini ko‘rish mumkin.

Prezidentning qoraqalpoq hayotida  o‘zgarishlar bo‘layotganini sezyapsizlarmi, deya bergan savoliga sumalak pishiruvchi ayollar ijobiy javoblar bergan.

“Qoraqalpog‘istonimiz katta- katta muvaffaqiyatlarga erishsin, tinchlik-omonlik bo‘lsin, og‘zi birchilik bo‘lsin”, degan davlat rahbari ayollar bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Nukusda yashovchi Quo‘anshbay Seytnazarov xonadonida iftorlik qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Qoraqalpog'iston sumalak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing