Qoraqalpog‘istondagi yong‘inda uy yonib ketdi
Jamiyat
−
17 may 2019
3635Kecha, 16 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir tumani, Shodlik ko‘chasida joylashgan 5-uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqida Davlat yong‘in havsizligi bosh boshqarmasi habar bermoqda.
Yong‘in yuz bergani haqida xabar kelgach, 5 ta yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yuborilgan. O‘t o‘chiruvchilarning sa’y-harakati natijasida uyning 100 kv metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va va halok bo‘lganlar yo‘q.
Shuningdek, qayd etilishicha, sodir bo‘lgan yong‘in haqida yong‘in xavfsizligi xizmatiga alanga maydoni kengayib ketgandan so‘ng xabar berilgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib kelganda uyning tomi, shifti va ichki jihozlari alanga ichida bo‘lgan.
Yong‘in oqibatida uyning 120 kv metr maydoni zararlangan. Hodisaning taxminiy sababi, uyning elektr simlarida sodir qisqa tutashuv ekanligi ma’lum bo‘lgan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
LiveBarchasi