Qoraqalpog‘istondagi voqealar qanday tekshirilayotgani bo‘yicha hisobot berildi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzilgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huqulari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova raisligidagi Komissiya o‘rganishlar bo‘yicha ilk hisobotni taqdim etdi. 

Qayd etilishicha, Komissiya oldiga qo‘yilgan vazifalar ijrosini bajarishi uchun guruhlarga bo‘lingan holda o‘rganishlar olib bormoqda. Har bir guruh faoliyatida shaffoflikni ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hujjatlashtirilmoqda. Shu jumladan, ular audio, foto va video vositalari yordamida qayd etilmoqda.

“Komissiya a’zolari dastlab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali, Markaziy shifoxonada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatlashib, yuz bergan voqealarda inson huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari bilan bog‘liq holatlarni o‘rgandi.

Shuningdek, Shimoliy-g‘arbiy harbiy okrugining harbiy gospitali va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining harbiy gospitalida davolanayotgan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar idoralari xodimlari bilan muloqotlar qilindi. Suhbat davomida namoyishchilar va harbiy xizmatchilar xatti-harakatlari o‘rganildi.

Bundan tashqari, komissiya a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tibbiy ekspertiza markaziga tashrif buyurib, voqealar bilan bog‘liq barcha kerakli materiallar bilan tanishdilar”, deyiladi xabarda. 

Ayni vaqtda Komissiya a’zolarining o‘rganishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

258

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing