Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar ortidan Konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlash bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
04 iyul 2022
15250Joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan norozilik namoyishlari ortidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi – “Hokimiyatni bosib olish yoki O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura vakili xabar berdi.
Uning qayd etishicha, 1-2 iyul kunlari ayrim g‘araz niyatli shaxslar Konstitutsiyaviy islohotlarga norozilik bahonasida tajovuzkorlik va zo‘ravonlik yo‘lini tanlab, vaziyatni izdan chiqarmoqchi bo‘lgan.
“Qonun ustuvorligi va jazo muqarrarligini ta’minlash uchun mazkur holat yuzasidan 2 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi va boshqa moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi yuzasidan tergov hamda tezkor qidiruv tadbirlari Bosh prokuratura rahbarligida tuzilgan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya mas’ul xodimlaridan iborat tergov-tezkor guruhi tomonidan olib borilmoqda”, deydi BP vakili.
Ta’kidlanishicha, tezkor-tergov guruhi faoliyati hamda tergov-tezkor qidiruv tadbirlari idoralararo tuzilgan alohida shtab tomonidan muvofiqlashtirib borilmoqda.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr