Qoraqalpog‘istonda YTH: ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida VAZ-2107 avtomobili simyog‘ochga urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

IIV Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha, 24 iyul kuni Qonliko‘l tumanida soat 11:40larda Amudaryo tumanida yashovchi 33 yoshli I.D. VAZ-2107 rusumli avtomashinasini “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga urilib, to‘qnashuv sodir etgan.

Natijada avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchilari jarohat olib voqea joyida vafot etganlar hamda haydovchi I.D. va yana bir nafar yo‘lovchisi 19 yoshli A.A. jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

30

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing