Qoraqalpog‘istonda postga hujum qilinib, qurol-yarog‘lar tortib olingani aytildi
Jamiyat
−
04 iyul 2022
27444Qoraqalpog‘istonda 300 nafar nafar namoyishchi Nukus shahridagi blok postda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy Gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shumovaya granata, it) qo‘lga kiritgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rasmiy bayonotida aytilgan.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 iyul kuni soat 14:45 da Nukus tumanidan taxminan 300 nafar shaxs Nukus shahar tomon harakatlanib, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, Nukus shahridagi blok postda xizmat olib borayotgan 50 nafar Milliy Gvardiya xodimining maxsus vositalarini (ratsiya, dubinka, kaska, shumovaya granata, it) qo‘lga kiritgan.
Shu kuni Xo‘jayli tumanidagi harbiy postga noma’lum shaxslar tomonidan xujum uyushtirilib, qurol-yarog‘ tortib olingan, “Nukus xalqaro aeroporti”ga, Nukus shahridagi ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar saqlanuvchi Reabilitatsiya markaziga, Nukus shahar IIB binosiga hujumlar uyushtirilgan.
Ommaviy tartibsizliklar davomida Nukus shahridagi “Las Vegas” kafesi yonida davlat raqami 40 L 340 QA bo‘lgan MAN rusumli yuk transport vositasi, “Eski shahar”dagi markaziy masjid oldida davlat raqami 01 267 UFA bo‘lgan “KamAZ” rusumli yuk transport vositasi, Shumanay tumanidagi “Ismoilov Jabborbergen” fermer xo‘jaligiga tegishli bo‘lgan vagon yoqib yuborilgan.
Nukus shahar Sport kompleksi yonidagi “Do‘stlik” kanali ko‘prigiga, Nukus shahridagi ko‘plab bino-inshootlar va yo‘l to‘siqlariga ham ko‘plab talafotlar yetkazilgan.
Ommaviy tartibsizliklar oqibatida hozirga qadar aniqlangan holatlarga ko‘ra, jami 243 nafar shaxsga, jumladan 38 nafar huquq-tartibot organlari xodimiga turli darajadagi tan jarohatlari yetkazilgan. Og‘ir tan jarohatlari tufayli 18 nafar fuqaro vafot etgan.
Tergov va tezkor-qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda
LiveBarchasi