Qoraqalpog‘istonda kamyob jonivorlar o‘ldirilgani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
3-sahifa
−
14 dekabr 2021 5677 1 daqiqa
Avvalroq Qoraqalpog‘istonda Qizil kitobga kiritilgan jayronlar brakonerlar tomonidan otib, o‘ldirilgani haqida xabar bergan edik.
Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi. Unga ko‘ra brakonerlik bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda brakonerlar 14 bosh jayron va 5 dona yovvoyi quyonlarni ovlagani yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda O‘zbekiston Respublikasi hayvonot dunyosiga 190 mln. 350 ming so‘mlik juda ko‘p miqdordagi moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan to‘rt nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “ye” va “j” bandlari (Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi