Qoraqalpog‘istonda is gazidan zaharlangan 5 kishi vafot etdi. Ularning 3 nafari bolalar

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida is gazidan zaharlangan 5 kishi vafot etdi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston prokuraturasi xabar bermoqda.

Bugun, 6 mart kuni soat 11:30 larda To‘rtko‘l tumani IIBga kelib tushgan xabarga ko‘ra, To‘rtko‘l tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi fuqaro I.U. (erkak) va uning qizlari R.S. (2003 y.t.), R.A.(2010 y.t.) va o‘g‘li R.M.(2005 y.t.) hamda ushbu xonadonga mehmonga kelgan A.Sh. xonadonda o‘rnatilan isitish pechidan sizib chiqqan is gazidan zaharlanib, vafot etgan. 
 
Ushbu holat yuzasidan To‘rtko‘l tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining JKning 259-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda To‘rtko‘l tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mazkur jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

118

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing