Qoraqalpog‘istonda ichida mashinalar bo‘lgan avtosalon yonib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 24 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi avtosalonlardan birida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 20.00 lar atrofida Beruniy tumani, “Shabbaz” OFY, To‘rtko‘l shox ko‘chasida joylashgan avtosalonda sodir bo‘lgan. Ushbu vaziyat yuzasidan FVBga xabar kelib tushgan. 

Bildirilishicha, voqea joyiga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borib, yong‘in soat 20:48 da o‘rab olingan va soat 21:08 da o‘chirilgan. Yong‘in natijasida avtosalonning 90 kv.m. maydondagi tom qismi va bir dona  elektromobil yonib zararlangan. 

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona shahridagi neft bazasida kuchli yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Qoraqalpog'iston mashina avtosalon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing