Qoraqalpog‘istonda 55 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus yonib ketdi
3-sahifa
−
08 iyun 2022
15433Qoraqalpog‘istonda ichida 55 nafar yo‘lovchi bilan harakatlanib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 8 iyun kuni soat 03:14 da To‘rtko‘l tumani “Oq qamish” OFY hududidan o‘tgan A-380 avtomagistral yo‘lining 555-kilommetrida Toshkent shahridan Nukus shahriga salonida 55 nafar yo‘lovchi va 2 nafar haydovchi bilan harakatlanib kelayotgan YUTONG rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobusda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FVB bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 04:15 da bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida avtobus to‘liq yonib zararlangan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida sodir bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
LiveBarchasi