Qoraqalpog‘istonda 5 ming dollar porani rad etgan podpolkovnik taqdirlandi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda podpolkovnik A.Utemuratov o‘ziga taklif etilgan 5 ming dollar porani rad etgani uchun taqdirlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituvida bo‘lgan fuqaro S.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositasini saqlash) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha fuqaro S.X. Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.Utemuratovga bir necha marotaba, o‘ziga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudga yubormaslik evaziga 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Podpolkovnik A.Utemuratov Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro S.X.ga pora berish jinoyat ekani, jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida bir nechta marta tushuntirib, ogohlantirishiga qaramasdan, pora taklif qilib kelayotganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Ushbu bildirgiga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro S.X. taklif qilgan 5 ming AQSH dollar pullarni podpolkovnik A.Utemuratovga bergan vaqtida, tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olinib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Shunidan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan fuqaro S.X.ga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlariga kirishilgan.

Xabar qilinishicha, joriy yilning 22 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Aytbay Temirxanov tomonidan kasbiga sodiq bo‘lib, taklif qilgan porani olmagan podpolkovnik A.Utemuratovga pul mukofoti uning yaqin qarindoshiga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomasi va qimmat baho sovg‘alar tantanali ravishda topshirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda pora olishni rad etgan IIB xodimi 15 million so‘m bilan taqdirlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

266

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing