Qoraqalpog‘istonda 27 yoshli ayol o‘zini 4-qavatdan tashladi
3-sahifa
−
15 iyun 2023
7230Nukusda 27 yoshli ayol 4-qavatdan yiqilib tushishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning 12 iyun kuni soat 06:00 larda Nukus shahri “G‘arezsizlik” MFY Qoraqalpog‘iston ko‘chasida yashovchi ayol 4-qavatdan yiqilib tushgan va voqea joyida vafot etgan. Aniqlanishicha, M.A. ismli ayol 1996 yilda tug‘ilgan.
Marhumaning turmush o‘rtog‘i B.U. ertalab soat 05:40 larda uyqudan turganida xotini M.A.ni uyda yo‘qligini bilib, tashqariga chiqqanida hushsiz holatda topgan. Tez yordam va yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar bergan. Marhuma ayol yuqori qavatdan tushib ketganligi sababli vafot etgan.
Nukus shahar prokuraturasi tomonidan o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida M.A.ning o‘lim sabablarini aniqlash yuzasidan zarur ekspertizalar tayinlangan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma M.A. fuqaro B.U. bilan 2017 yil yanvar oyida qonuniy turmush qurib, nikoh davrida 2018 va 2021 yillarda o‘g‘il va qiz farzandlarni dunyoga keltirgan. 2022 yil sentyabr oyida marhumaning 2 nafar egizak chaqaloqlari kasallikdan nobud bo‘lganligi sababli, ruhiyatida o‘zgarish bo‘lgan.
LiveBarchasi