Qoraqalpog‘iston voqealari bo‘yicha sudda Tajimuratovga 18, Qallixanovaga 11 yil so‘raldi

Jamiyat

image

Bugun, 12 yanvar kuni  Buxoro viloyat sudida Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib o‘tmoqda. Sudda ommaviy tartibsizliklar  tashkilotchisi Dauletmurat Tajimuratovga 18 yil, Lolagul Kallixanovaga 11 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishi so‘raldi.

Aniqlanishicha, Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyaga kiritilayotgan tegishli o‘zgartirishlar bo‘yicha norozilik mitingini o‘tkazish uchun Jo‘qorg‘i Kengesiga rasman murojaat qilgan. Uning murojaatiga asosan miting 5 iyul kuni o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. 

Sud majlisida guvoh va ayblanuvchilarning ko‘rsatmalari va namoyishlar bo‘lib o‘tgan kunlarda tasvirga olingan videomateriallar tahlil qilinmoqda. Xususan, ommani tinchlantirish maqsadida ishlatilgan qurollar va ularning ta’sir kuchi hamda qurollarni qo‘llashdan oldin ommaning ogohlantirilganiga oid holatlar ham o‘rganilmoqda.

Sudda prokuror Nukus voqealari bo‘yicha Tajimuratovga 18 yil, Kallixanovaga 11 yil, sportchi Azamat Turdanovga 8 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini so‘radi.

Axmet Smetullayevni 8 yilga, Dao‘letmurat Jiyemuratovni – 9 yilga, Baxtiyor Qadirbergenovni – 8 yilga, Bayram Seytniyazovni – 7 yilga, Allabay Tokimbetovni – 9 yilga, Qaharman Seytimovni – 6 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan.

Shuningdek, Azamat Nuratdinovga davlat ayblovchisi 7 yil, Saidabulla Medetovga – 7 yil, Nurlan Nayipovga – 7 yil, Po‘lat Shamshetovga – 7 yil, Razbek Bekmuratovga – 8 yil, Sultanbek Kaipovga – 8 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanishini suddan so‘ragan.

Po‘lat Nurniyazovni ayblov tomoni 6 yilga, Sayipnazar Kalimovni — 7 yilga, Nurlan Sultamuratovni – 5 yilga, Arislan Temirxanovni – 7 yilga va Amirbek Adilbekovni – 7 yilga ozodlikdan mahrum etish so‘ralgan. Salamat Kalilayev va Berdax Genjebayevga ayblov tomoni 3 yildan ozodlikni cheklash jazosi tayinlanishini so‘ragan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 28 noyabr kuni 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoro viloyat sudida sud jarayoni boshlangandi. 
Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar D. Tajimuratov, L. Kallixanova, A. Turdanov, A. Smetullayev, D. Jiyemuratov, B. Kadirbergenov, B. Seytniyazov, A. Toqimbetov, Q. Seytimov, A. Nuratdinov, S. Medetov, N. Nayipov, P. Shamshetov, R. Bekmuratov, S. Kaipov, B. Genjebayev, S. Kalilayev, P. Nurniyazov, S. Kalimov, N. Sultamuratov, A. Temirxanov va A. Adilbekov Jinoyat kodeksining 28,104, 104, 159, 164, 167, 227, 243, 244, 244-1, 247 va 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

20 nafar sudlanuvchiga nisbatan "qamoqqa olish", 1 nafariga "uy qamog‘i" va 1 nafariga "jamoa kafilligi" tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing