Qoraqalpog‘iston va Xorazmda elektr ta’minotida uzilish bo‘ladi

Jamiyat

image

Joriy yioning 7-8 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr energiyasida uzilishlar bo‘ladi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumki, 220 kVli “Taxiatosh” issiqlik elektr stansiyasidan “Xorazm” podstansiyasi orqali “Sarimoy” aholi yashash punktigacha elektr uzatish tarmog‘ini qurish investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda. 

Shu bois, ishlarni xavfsiz amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida joriy yilning 7-8 yanvar kunlari elektr energiyasi ta’minotida qisqa muddatli uzilishlar bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, mazkur loyiha Xorazm va Navoiy viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarida istiqomat qiluvchi aholi, ijtimoiiy ahamiyatga ega ob’ektlar, kichik va o‘rta biznes hamda sanoat korxonalarini sifatli elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta’minlashni kafolatlash uchun xizmat qiladi.

“Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm elektr energiyasi Qoraqalpog'iston

Baholaganlar

77

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing