Qoraqalpog‘iston sudi raisi o‘zgardi
Jamiyat
−
07 aprel 2022 5427 1 daqiqa
Kamal Tarixov Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga saylandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdagi yig‘ilishida Qoraqalpog‘iston sudining raisini saylash masalasi ko‘rib chiqilgan.
Sudyalar oliy kengashining O‘zbekiston Prezidenti bilan kelishilgan xulosasi asosida Jo‘qorg‘i Kenges raisining taklifiga binoan deputatlar Qoraqalpog‘iston sudi raisi lavozimiga Kamal Tarixov nomzodini ma’qulladi.
Yakunda uni mazkur lavozimga tayinlash va amaldagi sud raisi Gulnara Bazarbayevani vazifasidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Kamal Tarixov bunga qadar Qoraqalpog‘iston sudi raisining fuqarolik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.
Live
Barchasi