Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri o‘zgardi
Jamiyat
−
09 noyabr 2020 6451 1 daqiqa
Murod Ismoilovich Qurbonov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i imzolangan.
Murod Qurbonov bugungacha Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali direktori vazifasida ishlab kelgan.
Tibbiyot fanlari nomzodi Murod Qurbonov Xo‘jayli tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori, Respublika onkologiya dispanseri bosh shifokori singari mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Avvalroq, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatida o‘zgarish bo‘lgandi. Alisher Shodmonov vazirlik rahbari lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga Abduhakim Xojiboyev vazir etib tayinlandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025