Qoraqalpog‘iston DSBga yangi rahbar tayinlandi
Jamiyat
−
10 fevral 2020
6035Xolmirza Tursinboyevich Bekchanov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasiga rahbar etib tayinlandi.
Xolmirza Bekchanov 1971 yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus shahrida tavallud topgan.
U 1994 yilda Toshkent arxitektura va qurilish istitutini tamomlagan. 2000 yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetinining sirtqi bo‘limini tamomlagan. 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qayta tayyorlash kursida tahsil olgan.
Xolmirza Bekchanov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar va investitsiyalar masalalari qo‘mitasi raisi bo‘lgan.
Avvalroq, davlat soliq xizmati organlarining 2020 yildagi strategik vazifalariga bag‘ishlangan ikki kunlik seminar davomida 9 ta tuman davlat soliq inspeksiyalari rahbarlari lavozimidan ozod qilingani haqida xabar bergan edik.