Qorabog‘da yana o‘q ovozi. Arman tomoni Ozarbayjonni 19 marta o‘qqa tutdi

Olam

image

O‘tgan sutka davomida arman qurolli tuzilmalari Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini 19 marta o‘qqa tutdi. Bu haqda Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi xabar bermoqda. 

“16 ta holat Ozarbayjon-Armaniston davlat chegarasining Basarkecher viloyati va Garakils tumani yo‘nalishidagi pozitsiyalardan Kalbajar va Lochin viloyatlari yo‘nalishidagi armiyamiz pozitsiyalarini turli kalibrli o‘q otish qurollaridan vaqti-vaqti bilan o‘qqa tutishi natijasida sodir bo‘lgan”, deyiladi vazirlik bayonotida.  

Qayd etilishicha, qolgan 3 ta holat Rossiya tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli guruhlari a’zolari Ozarbayjon armiyasining pozitsiyalarini o‘qqa tutishi bilan bog‘liq. 

Ozarbayjon armiyasi shaxsiy tarkibi va texnikasida yo‘qotishlar yo‘q. 

“Barcha holatlarda Ozarbayjon armiyasi bo‘linmalari tegishli javob choralarini ko‘rdi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 avgust kuni rasmiy Baku Rossiya tinchlikparvar kontingenti vaqtincha joylashgan Ozarbayjon hududidagi noqonuniy arman qurolli tuzilmalari a’zolari Ozarbayjon armiyasining Lochin viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalariga kuchli o‘t ochgani, oqibatda qurbon berilgani, 14 kishi jarohatlangani haqida ma’lumot bergan edi. 

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi “Qasos” amaliyoti o‘tkazilganini ma’lum qildi. Amaliyot boshlanishiga Lochin viloyati yo‘nalishidagi pozitsiyalariga arman qurolli tuzilmalari o‘t ochgani sabab bo‘lgan. Hujum oqibatida bir nafar harbiy qurbon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qorabog'

Baholaganlar

109

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing