Qorabog‘da 70 kun oldin yo‘qolgan arman askarlari tirik holda topildi

Olam

image

Tog‘li Qorabog‘dagi qidiruvlar natijasida 70 kundan ko‘proq vaqt oldin g‘oyib bo‘lgan olti nafar harbiy xizmatchi topildi. Bu haqda tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi prezidenti Arayik Arutyunyan o‘zining Faebook sahifasida ma’lum qildi.

“Noma’lum joyda 70 kundan ko‘proq vaqt davomida qahramonona kurash olib borgan olti nafar askar uylariga bir necha daqiqa oldin qaytib keldi va bu qiyin kunlarda barchamizga quvonch bag‘ishladi”, deb yozgan Arutyunyan Facebook’da.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ rahbari, yo‘qolganlarni qidirish va albatta, o‘liklarning jasadlarini qaytarish bo‘yicha intensiv ishlarni davom ettirayotgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga, shuningdek mintaqadagi rus tinchlikparvarlar kuchlariga qo‘mondonlik qilayotgan general-leytenant Rustam Murodovga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon tomoni o‘rmonda adashgan arman askarlarini qutqarmoqchi bo‘lgan to‘rt harbiysi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, dekabr oyi o‘rtalarida Ozarbayjon va Armaniston Rossiya tinchlikparvar kuchlari ishtirokida asirlar almashtirishni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston

Baholaganlar

430

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing