Qorabog‘da 6 kishining hayotiga zomin bo‘lgan portlash aybdorlari ushlandi

Olam

image

Qorabog‘da olti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan mina portlashlari uchun javobgarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

“20 sentyabr kuni o‘tkazilgan aksilterror tadbirlari davomida noqonuniy uyushgan qurolli guruhda ishtirok etish va terrorchilik aktlarini sodir etishda gumonlangan, shuningdek, 19 sentyabr kuni Xo‘javend tumanining Tagaverd qishlog‘i tunnelida va Ahmedbeyli-Fuzuliy-Shusha yo‘lining 58-kilometrida yuz bergan mina portlashlari oqibatida ikki nafar tinch aholi vakili va to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘lishiga sababchi bo‘lgan shaxslar qurolsizlantirilib, qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabriga o‘tar kechasi Qorabog‘da Armaniston Qurolli kuchlarining qo‘poruvchi-diversiv guruhi tomonidan o‘rnatilgan tankka qarshi mina portlab ketishi ortidan olti nafar ozarbayjonlik halok bo‘lgandi. O‘sha kuni Baku “mahalliy aksilterror choralari” boshlanganini e’lon qildi va arman harbiylarini mintaqadan olib chiqib ketishni talab qildi. Yerevan Qorabog‘da arman Qurolli kuchlari yo‘qligini ta’kidlab, sodir bo‘layotgan voqealarni “keng ko‘lamli tajovuz” deb atadi. 20 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da aksilterror tadbirlarini to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing