Qora shokoladning foydali jihatlari ma’lum qilindi
Foydali
−
02 dekabr 2021
9536Diyetolog Yana Grishina nima uchun kundalik ratsionga qora shokoladni kiritish maqsadga muvofiqligini aytdi.
Uning ta’kidlashicha, qora shokolad kamida 55 foiz tabiiy kakao, atigi 25-35 foiz sutni o‘z ichiga olgan shokolad hisoblanadi.
“Qora shokoladning asosiy farqi shundaki, unda kamroq shakar va ko‘proq antioksidantlar mavjud. Biz qora shokoladdan olingan kaloriyalarning ko‘p qismini sutdagi kabi uglevodlardan emas, yog‘dan olamiz. Qora shokolad temir, magniy, mis, marganets va boshqa foydali minerallarning ajoyib manbaidir. Bundan tashqari, u kayfiyatni ko‘taradi”, degan shifokor.
Mutaxassis kuniga taxminan 20 gramm qora shokolad iste’mol qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.
“Biroq shokoladni och qoringa yemaslik kerak”, deya xulosa qilgan mutaxassis.
LiveBarchasi