“Qora shahzoda” Saudiya Bosh vaziri bo‘ldi
Olam
−
28 Sentabr 2022
10793Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bir Abdul Aziz o‘g‘li va valiahd shahzoda Muhammad bin Salmonni mamlakat Bosh vaziri, ikkinchi o‘g‘li Xolidni esa Mudofaa vaziri lavozimiga tayinladi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Podhosh farmoniga ko‘ra, o‘zgarishlar natijasida monarxning yana bir o‘g‘li shahzoda Abdulaziz bin Salmon energetika vaziri lavozimida qoldi.
Farmonda aytilishicha, Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, Moliya vaziri Muhammad al-Jadaan va Investitsiyalar vaziri Xolid al-Falih o‘z lavozimlarida qoladi.
Mudofaa vaziridan Bosh vazir lavozimiga o‘tkazilgan valiahd shahzoda bungacha ham amalda dunyoning eng yirik neft eksport qilishuvchi davlatlaridan birini amalda boshqarayotgandi.
Saudiya Arabistoni rasmiysining aytishicha, uning Bosh vazir lavozimi qirolning unga avval bergan vazifalariga, jumladan, xorijiy tashriflarda qatnashish va qirollik mezbonlik qiladigan sammitlarga raislik qilishga mos keladi.
Muhammad bin Salmonning ukasi shahzoda Xolid bin Salmon avval Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Farmonga ko‘ra, Podshoh Salmon o‘zi qatnashadigan vazirlar mahkamasi yig‘ilishlariga raislik qilishni davom ettiradi.
86 yoshli Podshoh, Islomning eng muqaddas qadamjolari qo‘riqchisi, valiahd shahzoda sifatida 2,5 yildan ortiq vaqt o‘tkazganidan so‘ng 2015 yilda hukmdor bo‘lgan edi. Oxirgi ikki yil ichida u turli kasalliklar tufayli bir necha bor shifoxonaga yotqizilgan.
Valiahd shahzoda Muhammad 2017 yilda hokimiyatni qo‘lga olganidan beri Saudiya Arabistonida inqilobiy o‘zgarishlar qildi, iqtisodiyotning neftga qaramligini kamaytirdi, ayollarga avtomobil boshqarishga ruxsat berish va din arboblarining vakolatlarini cheklash bo‘yicha choralar ko‘rdi.
Biroq, “Reuters”ga ko‘ra, uning islohotlari muxolifatga qarshi tazyiqlar bilan birga olib borildi, faollar, qirollik oilasi a’zolari, ayollar huquqlari faollari va biznesmenlar qamoqqa tashlandi.
LiveBarchasi