“Qora rus” Mayk Taysonga qarshi. Roy Jons o‘zini shunday nomladi

Sport

image

Boksning beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Roy Jons-kichkina Mayk Taysonga qarshi Rossiya bayrog‘i ostida jang qilish haqidagi savolga javob berdi. 

Bokschi 2015 yil 12 sentyabrda Rossiya pasportini olgan. 

"Bu albatta ajoyib. Bunday jangni "Qora rus" Mayk Taysonga qarshi, deb e’lon qilish mumkin", degan Jons. 

Eslatib o‘tamiz, Tayson va Jons o‘rtasidagi shou-jang joriy yilning 28 noyabr kuni o‘tkaziladi. Jangdan tushgan mablag‘ xayriya ishlariga sarflanishi taxmin qilinmoqda.

Avvalroq, amerikalik bokschilar o‘tkaziladigan janglariga jiddiy munosabatda ekanliklarini aytishgandi

Ma’lumot uchun, Tayson 2005 yildan beri jang qilmayapti. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g‘alaba qozongan. Jons esa so‘nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan. Faoliyati davomida u 66 bor g‘alabaga erishgan, to‘qqizta jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayson jons

Baholaganlar

199

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing