Tayson va Jons jangi. To‘qnashuv oldidan munosabatlar bildirildi

Sport

image

Amerikalik bokschilar kichik Roy Jons va Mayk Tayson yakinda o‘tkaziladigan janglariga jiddiy munosabatda ekanliklarini aytishdi

54 yoshli Tayson muxlislarni "haqiqiy jang" kutayotganiga ishontirdi. Jons ham bo‘lajak raqibining gaplarini tasdiqladi. 

"Kim bizni jangimizni shunchaki ko‘rgazmaga o‘tkazilyapti desa, xato qiladi. Bizda barchasi haqqoniy bo‘ladi", degan Roy Jons. 

Ma’lumot uchun, Tayson va Jons o‘rtasidagi jang joriy yilning 28 noyabr kuni o‘tkaziladi. Jangdan tushgan mablag‘ xayriya ishlariga sarflanishi taxmin qilinmoqda.

Tayson 2005 yildan beri jang qilmayapti. Uning hisobida 58 ta jang bor, shulardan 50 tasida g‘alaba qozongan. Jons esa so‘nggi marta ringga 2018 yilda chiqqan. Faoliyati davomida u 66 bor g‘alabaga erishgan, to‘qqizta jangda mag‘lub bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

tayson jons

Baholaganlar

956

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing