Qora quti topildi, haqiqiy tergov boshlandi
Olam
−
08 yanvar 2020
11947Tehronda halokatga uchragan Boeing-737 yo‘lovchi samolyotining qora qutisi topildi. Qora quti halokat sodir bo‘lgan joydan uncha uzoqda bo‘lmagan hududdan topilgan. Bu haqda Eroning “Fars” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Barcha kerakli ma’lumotlar to‘plandi, haqiqiy tergov boshlandi”, deydi Eron fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i.
Avval xabar berganimizdek, fojia bugun, 8 yanvar kuni erta tongda Imom Xumeyni aeroporti yaqinida yuz bergan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Kiyevga bog‘langan samolyot bortida 179 kishi bo‘lgan, ulardan 147 nafari eronlik va 32 nafar chet el fuqarolari edi. Samolyot bortidagilarning hammasi halok bo‘ldi.
Rasmiy Tehron va Kiyev samolyotga tashqi hujum bo‘lganini hozircha rad etib, halokat sababini dvigatelda yong‘in sodir bo‘lgani bilan bog‘lamoqda.
Parvoz Radar portalining xabar berishicha, PS752 reysi ertalab Tehrondan uchib ketgan va ikki daqiqadan so‘ng ma’lumotlarni uzatishni to‘xtatgan.
Federal havo transporti agentligi Yaqin Sharqdagi vaziyat bilan bog‘liq holda Eron, Iroq, shuningdek Fors va Ummon ko‘rfazlari havo bo‘shlig‘idan foydalanmaslikni tavsiya qilmoqda.
LiveBarchasi