Qor yog‘ishi sabab avtobuslar kechikishi mumkin 

Jamiyat

image

Toshkent shahrida ob-havoning keskin o‘zgarishi hamda qor yog‘ishi sababli avtobus qatnov oraliq vaqtlarida (intervallari) uzilishlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” xabar berdi.

“Ayni paytda poytaxtimizda ob-havoning keskin o‘zgarib, qor yog‘ishi kuzatilayotgani sababli barcha haydovchilardan transport vositasini boshqarishda ehtiyotkorlikni oshirishni, zarurat bo‘lmaganda shaxsiy avtomobillarda, ayniqsa qishga mo‘ljallangan shinalarga ega bo‘lmagan transport vositalarida harakatlanmaslik, tezlik talablariga qat’iy amal qilishni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, xabarda noqulay ob-havo sharoiti sabab ayrim avtobus yo‘nalishlarida qatnov va oraliq interval vaqtlari belgilangan vaqtlardan kechikishi mumkinligi ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxt aholisini qorli ob-havo kuzatilayotgani sabab ehtiyot bo‘lishga chaqirgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

avtobus Qor interval kechikish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing