Qonliko‘lga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 15 sentyabr kuni xalq deputatlari Qonliko‘l tumani Kengashining navbatdan tashqari o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tumanga yangi hokim tayinlandi. 

Sessiya ishida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining o‘rinbosari A.Davletov ishtirok etib, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ayniqsa, bugungiday sinovli davrda aholi turmush darajasini yaxshilash, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ilgari surilgan vazifalarga batafsil to‘xtalib o‘tdi va tuman hokimi lavozimiga shu kungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Abu-Bakir Abdinaimovich Ibragimov  nomzodini taklif qilgan.

Taklif qilingan nomzodni tuman Kengashining bir qator deputatlari qo‘llab-quvvatlagan. 

Sessiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi Q.Sariyev ham ishtirok etgan va nutq so‘zlagan. 

Sessiyada Abu-Bakir Ibragimov Qonliko‘l tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangan. 

Ma’lumot uchun, Abu-Bakir Ibragimov o‘tgan yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat soliq boshqarmasi yuridik shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi boshlig‘i, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Nukus shahri hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining sanoat, qurilish, transport va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi kabi mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qonliko'l tumani

Baholaganlar

44

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing