Qonliko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi. Avvalgisi koronavirusdan vafot etgandi
Jamiyat
−
25 iyul 2020 9019 1 daqiqa
Sharap Sersenbayevich Ospanov Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
U bugunga qadar Qonliko‘l tumani hokimining o‘rinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat ko‘rsatib kelgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yildan beri Qonliko‘l tumani hokimi bo‘lgan Daulet Ayapbergenovich Tolibayev kecha, 24 iyul kuni koronavirus infeksiyasidan vafot etdi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust