Qonliko‘lda Damas yonib ketdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 12 iyun kuni soat 11:44 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qonliko‘l tumanida Damas avtomobili butunlay yonib ketdi. Bu haqda YHXBB Matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa tuman hududidan o‘tuvchi “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” A-380 avtomobil yo‘lining 847-kmda yuz bergan. 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Ye. Damas rusumli transport vositasini 2 nafar yo‘lovchi bilan boshqarib ketayotgan vaqtida avtomobilning dvigatel qismidagi simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Yong‘in o‘t o‘chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Qonliko‘l tumani FVB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

129

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing