“Qonli yanvar” qurbonlarining oilalariga 15 ming dollardan pul beriladi
Olam
−
28 fevral 2022
9322“Qozog‘iston xalqiga” jamoat ijtimoiy jamg‘armasi “qonli yanvar” fojiasida halok bo‘lganlarning oilalariga 7 million tenge (taxminan 15 ming dollar) tovon to‘laydi. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni fond Matbuot xizmati xabar berdi.
Vafot etgan harbiy xizmatchi, ichki ishlar organlari xodimi, milliy xavfsizlik organlari xodimi, voqea qurboni bo‘lgan fuqarolarning har biri uchun oilasiga 7 million tenge miqdorida moddiy yordam ko‘rsatiladi.
Og‘ir yaralangan harbiy xizmatchilar, ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlari xodimlari, shuningdek, yarador bolalarning har biri uchun oilasiga 3 million tenge (6,4 ming dollardan ortiq) mablag‘ yuboriladi”, deyiladi xabarda.
Jamg‘armaga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ), Qozog‘iston Respublika gvardiyasidan 21 kishi halok bo‘lgani va 43 nafari og‘ir yaralangani haqida ma’lumot kelib tushgan.
“Jamg‘armaga Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ), Qozog‘iston Respublika gvardiyasidan 21 kishi halok bo‘lgani va 43 nafari og‘ir yaralangani haqida ma’lumot kelib tushgan.
Qozog‘istonning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Arujan Saindan uch nafar halok bo‘lgan va to‘rt nafar yaralangan bola, shuningdek, bir o‘ldirilgan ko‘p bolali oilaning onasi haqida ma’lumot olingan.
Qozog‘istondagi inson huquqlari bo‘yicha komissari Elvira Azimovadan tartibsizliklar paytida tasodifiy qurbon bo‘lgan 29 nafar fuqaro haqida ma’lumot yuborildi. Ushbu ro‘yxatdan uchtasi Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil ro‘yxatida, ikkitasi Milliy xavfsizlik qo‘mitasining ro‘yxatida takrorlangan”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Jamg‘arma yanvar voqealarida tasodifiy qurbon bo‘lgan halok bo‘lganlarning oilalariga yordam ko‘rsatishni rejalashtirmoqda, chunki yakuniy ro‘yxatlar rasmiy manbalardan, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlaridan olinadi.
Qozog‘istondagi namoyish
Qozog‘istonda 2022 yilning birinchi kunlarida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi — mamlakat g‘arbidagi Janaozen va Aqtau shaharlari aholisi suyultirilgan gaz narxining ikki barobar oshishiga qarshi chiqdi. Keyinchalik norozilik namoyishlari boshqa shaharlarga, jumladan, eski poytaxt va Respublikaning eng yirik shahri Olma-otaga ham tarqaldi: u yerda talonchilik boshlandi, namoyishchilar davlat muassasalariga hujum qilishdi, qurol-yarog‘larni olib ketishdi. Bunga javoban rasmiylar 19 yanvarga qadar butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat e’lon qildi va aksilterror operatsiyasini boshladi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Qozog‘istondagi namoyishlar chog‘ida 1000 ga yaqin odam jarohatlangan. Mamlakat Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, tartibsizliklar natijasida 4578 kishi jarohatlangan, 225 kishi halok bo‘lgan, ulardan 19 nafari xavfsizlik xizmati xodimlari.
5 yanvar kuni ertalab Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumatni iste’foga chiqardi va Xavfsizlik kengashiga o‘zini rahbar etib tayinladi. O‘z rahbarligidagi Xavfsizlik kengashining birinchi yig‘ilishida To‘qayev Qozog‘istondagi vaziyatni davlat yaxlitligiga putur yetkazuvchi deb baholadi va “terrorchilik tahdidini yengishda” KXSHTdan yordam so‘raganini aytdi. KXSHT Kollektiv xavfsizlik kengashi mamlakatdagi vaziyatni normallashtirish uchun Qozog‘istonga kollektiv tinchlikparvar kuchlarni yuborishga qaror qildi.
7 yanvar kuni To‘qayev terrorchilar, jumladan, xorijdan kelganlar ham qarshilik ko‘rsatishda davom etayotganini aytib, qurolini tashlamaganlarni yo‘q qilishga va’da berdi. Bundan tashqari, Prezident fuqarolarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanganini ta’kidladi.
13 yanvar kuni KXSHT missiyasi muvaffaqiyatli yakunlangani e’lon qilindi. 19 yanvar kuni Qozog‘iston Mudofaa vazirligi Respublikada xorijlik harbiy xizmatchilar qolmaganini ochiqladi.
LiveBarchasi