“Qonli urushni to‘xtating”. Kurskliklar Putinga murojaat bilan chiqdi
Olam
−
14 noyabr
15527Rossiyaning Kursk viloyatidagi Olgovka qishlog‘i aholisi Prezident Vladimir Putinga evakuatsiyadan keyingi qiyinchiliklar haqida shikoyat qilib, undan urushni tugatishni so‘radi. Aholining murojaati “Govorit NeMoskva” Telegram-kanalida e’lon qilindi.
“Uch oydan beri go‘yo do‘zaxdamiz, qayerga murojaat qilishni, najotni qayerdan topishni bilmaymiz... Farzandlarimiz tinch osmonni ko‘rishini, raketa xavfi signalini eshitmasligini istaymiz. Ushbu vaziyatni o‘rganib chiqing va chegaradosh hudud aholisi ovozini eshiting. Bu azobni o‘z ixtiyorimiz bilan tortayotganimiz yo‘q”, deydi ular.
Ular, shuningdek, qishloqlar jangovar harakatlar oqibatida vayron bo‘lgani uchun uysiz qolganini, yashash joyini ijaraga olishga har kimning ham qurbi yetmayotganini va ko‘chirilgan odamlar ishga olinmayotganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, aholi ba’zi qo‘shnilari halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolganini ta’kidlagan.
“Kimdir (urushni) ikki-uch kun davom etadi deb o‘ylab qolib ketdi,” deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 2025 yil 20 yanvarda Donald Trampning AQSHning 47-prezidenti sifatida inauguratsiyasi oldidan bir qismi Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan Kursk viloyatini Rossiya nazoratiga qaytarmoqchi ekani xabar qilingan edi.
LiveBarchasi