Qoidabuzarligidan faxrlangan “tyuningchi” uzr so‘rab chiqdi (video)

3-sahifa

image

Qoidabuzarligi bilan maqtangan Uzbelas Performance rahbari Asadbek Jumayev uzr so‘rab chiqdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

“Avvalambor, noto‘g‘ri ish qilganmiz. Intervyu qo‘ygan odamni montajini tekshirib ko‘rishimiz kerak edi. Lekin shu narsa o‘tib ketib qoldi. Biz vaziyatga yengil qaraganimiz uchun hozir aziyatini chekyapmiz. Biz bu narsani umuman targ‘ib qilmaganmiz. Har qanday noto‘g‘ri xabar tarqatgani uchun jazo bor ekan. Hammadan uzr so‘raymiz”, degan Jumayev. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Jumayev sud qaroriga asosan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 195-2-moddasi (huquqni muh qil organlar xodimlarining foto va (yoki) videotasvirini ularning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan tarzda buzib tarqatish) bilan 8,4 mln so‘m jarimaga tortilgan. 

Voqeadan keyin, uning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan intervyusi jamoatchilikni keskin e’tirozlariga sabab bo‘lgan. 

Jumayev intervyuda bunday qilmish uchun boshqa odamni 15 sutkaga qamashlari mumkinligini o‘zi esa kichik jarima (8,4 mln) bilan qutulib ketganini aytgan. Intervyuda blogerning “2-3 yildan keyin shu videoni ko‘rsangiz qanaqa reaksiya berasiz?” degan savoliga Jumayev qilgan ishidan faxrlanishini aytgan.

Shundan so‘ng, kecha 26 fevral kuni Bosh prokuratura holatga qo‘shimcha huquqiy baho berish maqsadida Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga protest kiritganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

tyuningchi Qoidabuzar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing